» » Alisher Usmonov kelgusi yili O‘zbekistondagi ijtimoiy loyihalarga 300—400 mln dollar investitsiya kiritadi

Alisher Usmonov kelgusi yili O‘zbekistondagi ijtimoiy loyihalarga 300—400 mln dollar investitsiya kiritadi


Avgust oyida Alisher Usmonov “Arsenal” futbol klubidagi o‘z hissasini 550 million funt sterlingga sotgan edi. Forbes nashriga bergan intervyusida tadbirkor ushbu mablag‘ni Toshkent shahridagi Islom markazi bunyod etilishiga sarflaganini ma’lum qildi.

Shuningdek, u kelgusi yili O‘zbekistonga kiritmoqchi bo‘lgan sarmoyasi miqdori haqida ham gapirdi.

“Qurilish budjetidagi 100 million dollarlik hissamdan tashqari, fondimiz orqali O‘zbekistonning qishloqlarini rivojlantirishga investitsiya kiritamiz. Jahon banki bilan O‘zbekiston hukumati o‘rtasida qo‘shma dastur mavjud. Dastur loyihalaridan biri — qishloqlarni, shu jumladan vatanim — Namangan shahridagi makonlarni rivojlantirishdan iborat. Ushbu loyihaga jami 100 million dollar sarmoya kiritamiz.

Sport va investitsiya loyihasi ham bo‘ladi. Kelgusi yil oxiriga qadar O‘zbekistonga jami 300?400 million dollar miqdorida sarmoya kiritiladi. Men faqat ijtimoiy sohalarga sarmoya kiritaman”, — deydi Alisher Usmonov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют