» » “O‘zavtosanoat” KAMAZ shatakchisini xarid qilganga Cobalt avtomobili taqdim etadi

“O‘zavtosanoat” KAMAZ shatakchisini xarid qilganga Cobalt avtomobili taqdim etadi


“O‘zavtosanoat” AJ Nurafshon shahrida yangi multibrend avtosaloni ochilishi munosabati bilan maxsus oilaviy aksiya taqdim etadi. Bu haqda “Spot” xabar berdi.

Aksiya shartlariga ko‘ra, yangi yildan boshlab, eng yangi KAMAZ 5490 “Neo” shatakchisini xarid qilgan xaridorga Cobalt avtomobili sovg‘a qilinadi.

Aksiyaga ajratilgan shatakchilar soni 50 ta. Aksiya 2019-yilning 1-yanvaridan 21-martiga qadar davom etadi.

KAMAZ 5490 “Neo” shatakchisi Mersedes-Bens agregatlaridan foydalangan holda Mersedes-Bens kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilgan.

Ta’kidlanishicha, “O‘zavtotreyler” MChJ kompaniyasining tirkama texnikasini xarid qilishni istovchi xaridor mazkur kompaniya ishlab chiqargan yarimtirkamalarga Cobalt avtomobili qiymatiga teng miqdordagi chegirmani ham tanlashi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют