» » 7 oylik Ramazonning yuragi xasta. U bizning yordamimiz bilan tuzalib ketishi mumkin!

7 oylik Ramazonning yuragi xasta. U bizning yordamimiz bilan tuzalib ketishi mumkin!


Siz suratda ko‘rib turgan jajji bolakayning ismi Ramazon. U 2018-yil 12-may kuni tavallud topgan.

Kichkintoyning mitti vujudi katta dard bilan kurashmoqda. Bolaga yurak tug‘ma nuqsoni, og‘ir shakli, tez avj olish varianti, fallo tetradasi ko‘k turi, ochiq arterial tomir tashxisini qo‘yilgan.

Buvisining so‘zlariga ko‘ra, nabirasi Ramazonbek tug‘ma yurak porogi bilan dunyoga kelgan. Shu yilning may oyidan buyon Nazira opa nevarasini davolatish bilan ovora. Oilada uchinchi farzand bo‘lgan Ramazon dunyoga kelishidan avval uning otasi oilasidan yuz o‘girgan. Hozirda u boshqa oila qurgan, farzandlaridan xabar olmaydi.

Rejalashtirayotgan jarrohlik amaliyoti og‘irligi sabab oila Hindiston shifokorlari bilan bog‘langan. Ular operatsiya muvaffaqiyatli o‘tishiga kafolat bergan. Biroq, jarrohlik amaliyoti narxi juda qimmat. Uch marta bo‘lishi kutilayotgan operasiyasiga jami 22,5 ming AQSh dollari atrofida mablag‘ ketadi.

“Nabiramni faqat Hindistonda operasiya qilsa bo‘lar ekan. O‘zimizda bu amaliyotni qilib bo‘lmas ekan. Nabiram ozib ketgan va ko‘pincha yig‘lamagan paytida ham ko‘karib qoladi. Uning o‘pkadan yurakka ketgan tomiri ham berk”, — deydi buvisi Nazira opa.

Kasallik tufayli bolaning eng baxtli onlari ko‘proq yaqinlari bag‘rida emas, shifokor huzurida o‘tyapti. Ketma-ket muolajalar mitti yurakni holdan toydirgan.

Ramazonbekning operasiya qilish, dori darmon, ona-bola va buvining Hind diyorida yashashi, davolanishi uchun katta mablag‘ talab etilishi sabab ko‘pchilikning yordami kerak bo‘lmoqda.

Bu jajji yurak hali nimadan og‘riyotganini tushunmaydi. Uning ko‘zlarida faqat yashash, zavqlanish bor. Ramazonbekka yakin orada murakkab jarrohlik amaliyoti kerak. Bolajonning ko‘zlariga qarab, ich-ichimizdan Yaratgandan so‘raganimiz bor.

Shu jajji yurakcha ozor chekmasin. U yashasin. U hali shu el uchun xizmat qiladigan zabardast olim bo‘ladi. Azizlar, shu mitti yurakcha uchun xayriyangizni ayamang. Sizning xolis moddiy yordamingiz Ramazonbekni kelajagi uchun kerak.

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun ma’lumotlar:

Plastik karta orqali: (Click, Payme) Buvisi Nizambayeva Nazira nomiga ochilgan.

Agrobank: 8600-0423-3409-1302

Milliy bank: 8600-0204-6235-1201.

Xorijdan mablag‘ yubormokchi bo‘lganlar uchun buvisini pasport malumotlari:

Nizambayva Nazira axundedayevna Pasport rakami: AA 7279693

Nizambayeva Nazira Axundedayevna nomiga Milliy bank Namangan viloyat bulimi filialida ochilgan rekzvizitlari:

INN: 200048432, MFO: 00222

Hisob raqami:

23120000 900000 222372

Ramazonbekning buvisi Nazira Nizambayevaning telefon raqami:

Telegram: +99890 261 23 96



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 53) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют