» » Aleksandr Golovin faoliyatida ilk marta 4 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

Aleksandr Golovin faoliyatida ilk marta 4 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi


Fransiya futbol ligasining odob-axloq qo‘mitasi “Monako” yarim himoyachisi Aleksandr Golovin uchun qo‘shimcha jazo tayinladi. Bu haqda GFFN xabar beradi.

Rossiyalik futbolchi “Lion”ga qarshi kechgan o‘yinda Nabil Fekirga nisbatan qo‘pol o‘yini uchun hakam Klement Tyurpen tomonidan qizil kartochka bilan jazolangan edi. Natijada Golovin ushbu qo‘polligi uchun 1 ta emas, balki 4 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Futbolchi “Gengam”, “Marsel”, “Nitssa” va “Strasbur” bilan kechadigan bahslarni o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, “Monako” yarim himoyachisi joriy mavsumda 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma bergan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют