» » Sud kattaqo‘rg‘onlik “jabrdiyda” ayolga jazo tayinladi

Sud kattaqo‘rg‘onlik “jabrdiyda” ayolga jazo tayinladi


Jinoyat ishlar bo‘yicha Oqdaryo tuman sudida sudya Ilyos Doniyorov raisligida Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi N.T.ga nisbatan ochilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

N.T. — Internetda mashhur bo‘lgan ayol. U ikki farzandning onasi. Turmush o‘rtog‘i 2016-yili vafot etgan. 2018-yil 3-iyun kuni Kattaqo‘rg‘on shahar Ichki ishlar bo‘limi katta tezkor vakili San’at Umarov tomonidan tahqirlanib, yechintirilgani xabari jamoatchilik orasida katta rezonans keltirib chiqargandi. San’at Umarovning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, u sud hukmi bilan 6,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Sudlanuvchi N.T. esa Jinoyat kodeksining 127-moddasi 3-qismi (voyaga yetmagan shaxsni jinoyat qilishga jalb etish) va 169-moddasi 3-qismining “a” bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan amalga oshirilgan o‘g‘rilik) bilan ayblandi.

Avvalgi sud majlislarida 30-sentabr kuni o‘g‘irlatgan telefonlari va boshqa narsalarini qaytarib olgan hamda yetkazilgan moddiy zararlari qoplangan jabrlanuvchilar — Saodat Egamberdiyeva, Sojida Bo‘riyeva, Muxlisaxon Narzullayeva sudlanuvchiga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirgan.

19-dekabr kuni sud mazkur jinoyat ishini ko‘rishni yakunlab, hukm o‘qidi. Cudda so‘nggi so‘z berilganida N.T. barcha 4 epizod bo‘yicha aybiga iqror bo‘lib, zararlarni qoplaganini, jabrlanuvchilarning biror e’tirozi yo‘qligini ta’kidlab, bunday ishlarni boshqa qaytarmasligini aytgan va suddan yengillik so‘ragan.

Cudda N.T.ga hukmlar majmui bo‘yicha uzil-kesil o‘tash uchun 4 yilga ozodlikdan cheklash jazosini tayinladi.

Hukm o‘qilgach, sudlanuvchi N.T.jurnalistlarga intervyu berdi. U qilmishidan pushaymonligini, bu xatti-harakatlarni ortiq takrorlamaslikni va’da qildi. Sud ishni adolatli ko‘rib chiqqani, voyaga yetmagan farzandlarining yolg‘iz boquvchisi, og‘ir kasalga yo‘liqqanini hisobga olgan sudyaga, shuningdek, prokuror va uning manfaatlarini himoya qilgan advokat, unga nisbatan da’vosidan kechgan jabrlanuvchilarning barchasiga tashakkur bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют