» » Xalq ta’limi vazirligi saytida ushbu sohadagi bo‘sh ish o‘rinlari bo‘limi ishga tushdi

Xalq ta’limi vazirligi saytida ushbu sohadagi bo‘sh ish o‘rinlari bo‘limi ishga tushdi


Xalq ta’limi vazirligi o‘zining rasmiy saytida xalq ta’limi sohasidagi bo‘sh ish o‘rinlari bo‘limi (ish.uzedu.uz) ni ishga tushirdi. Ayni vaqtda loyiha faqat Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar ishtirokida sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda Spot xabar berdi.

Saytga tashrif buyuruvchilar Toshkent shahridagi maktablar, xalq ta’limi boshqarmalari, shuningdek Xalq ta’limi vazirligining respublika tashkilotlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishlari mumkin.

Sinov muvaffaqiyatli yakunlangach, mazkur tizim O‘zbekistonning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi.

“Yangi tizim yordamida O‘zbekiston aholisi xalq ta’limi tizimida bo‘sh ish o‘rinlar va lavozimga qo‘yiladigan talablar bilan tanishishlari, o‘z rezyumelarini maxsus forma orqali yuborishlari mumkin. Shu bilan birga sayt viloyatlar va Toshkent shahri hududlaridagi bo‘sh ish o‘rinlarining statistikasini ham ko‘rish imkonini beradi”, deyiladi xabarda.

Tizim to‘liq ishga tushgach, barcha maktablar va xalq ta’limi boshqarmalari, shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi tashkilotlar bo‘sh ish o‘rinlariga xodimlarni vazirlik rasmiy veb-saytining yangi bo‘limi orqali ishga qabul qilishi kerak bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, xodimni ishga qabul qilishda yangi tizimni chetlab o‘tgan xalq ta’limi tizimi rahbarlari lavozimidan ozod qilinishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 18:59)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют