» » O‘zbekiston yana 22 ta davlat uchun vizasiz rejimni joriy qilmoqchi

O‘zbekiston yana 22 ta davlat uchun vizasiz rejimni joriy qilmoqchi


O‘zbekiston tez orada yana 22 ta davlat uchun vizasiz rejimni kiritishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Podrobno.uz” Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Qosimxo‘jayevga tayanib.

“Vizasiz mamlakatlar sonini 22 taga ko‘paytirishni nazarda tutuvchi hujat loyihasi ayni paytda muhokama qilish va muvofiqlashtirish bosqichida turibdi, ya’ni hozirgi 18 ta davlatdan iborat ro‘yxat 40 tagacha yetishi kerak. Tabiiyki, buni faqat turizm qo‘mitasi hal qilmaydi, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa idoralar bilan muvofiqlashtirish bormoqda”, — dedi u.

Avvalroq O‘zbekiston bir qator davlatlar, jumladan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun vizasiz rejimni joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют