» » O‘zbekistondagi uchta muzey-qo‘riqxona nomi o‘zgartiriladi

O‘zbekistondagi uchta muzey-qo‘riqxona nomi o‘zgartiriladi


19-dekabrda qabul qilingan “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko‘ra O‘zbekistondagi uchta muzey-qo‘riqxonaning nomi o‘zgartiriladi. Bu haqda Turon24 xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Buxoro davlat badiiy-me’moriy muzey-qo‘riqxonasi “Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasi, Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me’moriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasi “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi, Xiva “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi etib qayta nomlanadi.

Shuningdek, qarorda Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflar ma’qullanishi ta’kidlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют