» » Toshkentda O‘zbekistondagi eng baland “Charxpalak” attraksioni 22-dekabr kuni ochiladi

Toshkentda O‘zbekistondagi eng baland “Charxpalak” attraksioni 22-dekabr kuni ochiladi


22-dekabr kuni soat 17:00 da Toshkentdagi “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida O‘zbekistonda eng baland bo‘lgan “Charxpalak” attraksioni foydalanishga topshiriliadi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” xabar berdi.

Eng yuqori nuqtasi 72 metr bo‘lgan ushbu attraksion 48 ta yopiq turdagi kabinadan iborat (8 tasi VIP). Bularning har biri ajoyib chiroqlar va o‘ziga xos bayramona illyuminatsiya bilan bezatilgan bo‘lib, poytaxt manzarasini yuqoridan tomosha qilishga barcha sharoitlar yaratildi. Bir vaqtning o‘zida 272 kishiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan charxpalakning to‘la aylanishi 12 daqiqani tashkil etadi.

Charxpalak attraksionining o‘ziga xos nomi ham bor – “Anhor yulduzi”. Bunday nomlanishida keng jamoatchilik faol ishtirok etib, ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan tanlov asosida tanlab olingan.

Bundan tashqari, endi bog‘ga tashrif buyuruvchilar avtomobilni qayerda qoldirish muammosi haqida bosh qotirmasa ham bo‘ladi. Shu yilning 22-dekabridan boshlab bog‘ hududida 500 ta avtomobilga mo‘ljallangan ko‘p qavatli avtoturargoh o‘z ishini boshlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют