» » Tramp AQSh Suriyada aslida Rossiya bajarishi kerak bo‘lgan ishlarni qilganini aytdi

Tramp AQSh Suriyada aslida Rossiya bajarishi kerak bo‘lgan ishlarni qilganini aytdi


AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh armiyasi Suriyada aslida Rossiya, Eron va Suriya hukumati bajarishi kerak bo‘lgan ishlarni qilganini aytdi. Bu haqda u o‘z Twitter’ida yozdi.

“Rossiya, Eron, Suriya va boshqalar — mintaqada IShID dushmanlari. Biz u yerda aslida ular qilishi kerak bo‘lgan ishni bajardik. Endi esa uyga qaytish vaqti keldi”, — dedi AQSh prezidenti.

Uning ta’kidlashicha, Suriyadan AQSh harbiylarini chiqarib ketish kutilmagan qaror bo‘lmagan. “Men buni yillar davomida yoqlab kelganman, olti oy avval barchaga eshitarli qilib bu haqda aytganimdan keyin esa qo‘shinlarni u yerda ko‘proq vaqtga qoldirishga rozi bo‘lgandim”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.

Amerika prezidenti mamlakat Yaqin Sharqda politsiyachi rolini bajarib, evaziga hech narsa olmaslikka, aksincha qimmatli hayotlarni va trillionlab dollar pullarni yo‘qotishga ortiq rozi emasligini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq AQSh Oq uyi mamlakat harbiylarining Suriyadan chiqarilishi boshlanganini rasman e’lon qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют