» » Viloyatlarda o‘tkazilayotgan “Vatanparvarlik oyligi” tadbirlaridan fotoreportaj

Viloyatlarda o‘tkazilayotgan “Vatanparvarlik oyligi” tadbirlaridan fotoreportaj


Mudofaa vazirligi tasarrufidagi barcha harbiy okruglar, harbiy qism va muassasalarning harbiy xizmatchilari tomonidan ommaviy “Vatanparvarlik oyligi”ga doir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xususan, Samarqand shahrida joylashgan “Yoshlar markazi”da Samarqand viloyati hokimligi hamda Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi bilan birgalikda “Vatan muqaddas uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida viloyat yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda zamonaviy harbiy xizmatchi qanday bo‘lishi kerakligi, qanaqa bilim va ko‘nikmaga ega yoshlar harbiylikka tanlab olinishi haqida tushunchlar berildi. Tadbir davomida tashkil etilgan konsert dasturi yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug harbiy qismlaridan birida esa Nukus shahridagi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining yuzlab o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi. Bunda yoshlar harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar, ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish uchun ko‘rgazmali tadbirlarni tomosha qildilar.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda Berdaq nomidagi drama teatrida el suygan san’atkorlar, yosh ijodkorlar va Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestri tomonidan harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi katta konsert dasturi o‘tkazildi.

Respublika yoshlarining keng qatlamini qamrab olishga qaratilgan bu kabi tadbirlar Mudofaa vazirligining barcha qo‘shinlarida davomli tarzda har kuni o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining farmoyishiga binoan joriy yilning 15-dekabridan 2019-yilning 15-yanvariga qadar bir oy muddat “Vatanparvarlik oyligi” etib belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют