» » Toshkent shahar hokimligi 19 yoshli tadbirkorni taqdirladi

Toshkent shahar hokimligi 19 yoshli tadbirkorni taqdirladi


Toshkentlik 19 yoshli tadbirkor Ulug‘bek Hasanov Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev nomidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Yosh tadbirkor, biznesmen, Drone Group onlayn maktablar xalqaro tarmog‘i asoschisi Ulug‘bek Hasanov muvaffaqiyatli faoliyati uchun hokim vazifasini bajaruvchi nomidan minnatdorlik va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi”, — deyiladi xabarda.

2017-yilda Yashnobod qurilish kollejini tugatgan Ulug‘bek Hasanovning onlayn-maktabida chet tillari, binesni boshlash asoslari, shuningdek, salomatlikni saqlash masalalari ko‘rgazmali kontent ko‘rinishida o‘rgatiladi.

Ayni vaqtda 5 ta onlayn-maktab faoliyat yuritmoqda, u yerda butun dunyodan 2000 dan ortiq foydalanuvchilar o‘qimoqda. Maktablarda 50 nafar o‘qituvchi va mutaxassis masofali tarzda ishlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют