» » AQSh IShIDni bombardimon qilishni to‘xtatadi

AQSh IShIDni bombardimon qilishni to‘xtatadi


AQSh prezidenti Donald Trampning Amerika qo‘shinlarini Suriyadan chiqarib ketish haqidagi farmoyishi havo kampaniyasi to‘xtatilishini ham bildiradi. Bu haqda Reuters o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, IShID terrorchilik huruhiga qaratilgan aviazarbalar ham bas qilinadi.

Reuters qayd etishicha, AQShning havo kampaniyasi Iroq va Suriyada IShIDga qarshi kurashishda hal qiluvchi rol o‘ynagan. AQSh harbiy-havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, havo kampaniyasi boshidan buyon ushbu mamlakatlardagi nishonlarga 100 mingta bomba va o‘qlar tashlangan va otilgan.

Eslatib o‘tamiz, 19-dekabr kuni Tramp Suriyada IShID ustidan g‘alaba qozonilganini e’lon qildi. Shu kuniyoq Oq uy mamlakatdan Amerika qo‘shinlari chiqarib ketilishini ma’lum qildi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют