» » O‘zbekistonda eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimi tashkil etiladi

O‘zbekistonda eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimi tashkil etiladi


O‘zbekistonda eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimi tashkil etiladi. Uning faoliyati Tashqi savdo vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Bu Prezidentning “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Hujjat bilan Tashqi savdo, Moliya, Iqtisodiyot vazirliklari, Markaziy bank, Investitsiyalar bo‘yicha hamda Raqobatni rivojlantirish qo‘mitalarining:

Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi negizida Tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligini tashkil etish;

“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasiga eksport kreditlari va operatsiyalarini sug‘urtalash vazifasini yuklash

va uni Tashqi savdo vazirligiga o‘tkazish;

Tashqi savdo vazirini “O‘zagroeksportbank” kuzatuv kengashi raisi etib saylash;

O‘zbekistonining xorijdagi elchixonalari qoshida savdo vakolatxonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilindi.

Moliya vazirligi 2019-yildan boshlab har yili davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda 15 million AQSh dollaridan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘ni Tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligiga ajratishi ko‘zda tutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют