» » O‘zbekiston OTMlari milliy reyting tizimi xalqaro agentlik ko‘magida takomillashtiriladi

O‘zbekiston OTMlari milliy reyting tizimi xalqaro agentlik ko‘magida takomillashtiriladi


Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi Times Higher Eduation (THE) agentligi bilan O‘zbekiston milliy reyting tizimi metodologiyasini takomillashtirishda hamkorlik qiladi. Bu haqda inspeksiya matbuot xizmati xabar berdi.

Uzluksiz ta’lim sifati monitoringi bosh boshqarmasi boshlig‘i Ayubxon Radjiyev THE agentligining Rossiya va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Yegor Yablokov bilan uchrashuvda bu haqda kelishib olgan.

Shuningdek, THE agentligi tomonidan har yili o‘tkaziladigan sammit a’zoligiga inspeksiyani qo‘shish va milliy OTMlarni THE metodologiyasi asosida tayyorlash bo‘yicha konsalting xizmati ham yo‘lga qo‘yiladi.

Ma’lumot uchun, Times Higher Eduation 2004-yildan boshlab dunyo universitetlari reytingi bilan shug‘ullanib kelmoqda. Uning bu boradagi asosiy hamkorlari Thomson Reuters xalqaro axborot agentligi hamda Elseviyer kompaniyasi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют