» » Samarqandda Payariq tuman XTB xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

Samarqandda Payariq tuman XTB xodimi pora bilan qo‘lga tushdi


Samarqand viloyati Payariq tuman xalq ta’limi bo‘limi xodimi A.X. “Yoshlarni chaqiriqqa tayyorlash” fani o‘qituvchisi vazifasiga ishga o‘tkazish evaziga 100 AQSh dollari miqdorida pora olayotganda qo‘lga tushgan. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Payariq tuman XTBda metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodisti vazifasida ishlab kelgan A.X. shu tumanda istiqomad qiluvchi Sh.B.dan ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 100 AQSh dollari miqdorida pora so‘ragan.

Fuqaro Sh.B. bu haqida Payariq tuman huquq-tartibod idoralariga mu’lum qilgandan so‘ng A.X. 100 AQSh dollarini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan A.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют