» » Ellikqal’ada 4 nafar fuqaro uyda chiqqan yong‘in oqibatida yonib ketdi

Ellikqal’ada 4 nafar fuqaro uyda chiqqan yong‘in oqibatida yonib ketdi


2018-yil 20-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida Sarbiy OFYda joylashgan uyda yashagan fuqaro S.B.ning uyida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar berdi Yong‘in xavfsizligi xizmati.

Yong‘in oqibatida uyning 165 kv metr maydonida tomi, shifti va uy jihozlari hamda VAZ 2106 jiguli rusumli mashina yonib zararlangan. Yong‘inga 4 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Yong‘in o‘chiruvchilar tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida uyning ichidan uy egalarining to‘rt nafari kuygan holdagi jasadlari topilgan.

Yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют