» » O‘zbekistondan Rossiyaga muhojirlar oqimi 70 foizga kamaydi

O‘zbekistondan Rossiyaga muhojirlar oqimi 70 foizga kamaydi


So‘nggi yillarda Rossiya aholisining tabiiy pasayishi o‘rnini to‘ldirgan muhojirlar oqimi endi ularning o‘rnini qoplamaydi. Bu haqda “Spot” xabar berdi.

Rossiya aholisi 2018-yilning yanvar-oktabr oylarida 78,7 ming kishiga kamaydi. Tabiiy aholi soni 10 oy davomida 180,5 ming kishini tashkil qiladi, migratsiya o‘sishi esa 101,8 ming kishini.

Shunday qilib, migratsiya oqimi aholi soni kamayishini 56,4% o‘rnini to‘ldirdi. Ekspertlar yil yakunigacha ushbu tendensiya o‘zgarmasligini tahmin qilmoqda.

2018-yilda migratsiya o‘sishi 2017-yilga nisbatan 43 foizga kamaydi (yoki 76,6 ming kishiga).

Muhojirlar oqimi asosan Ukrainadan kamaydi(74%), O‘zbekistondan (70%) va Qirg‘izistondan (40%). MDH mamlakatlari Rossiya uchun asosiy donorlar sanaladi, biroq bu manbalar tugab bormoqda.

Rossiyadagi aholining kamayishiga asosiy sabab tug‘ilishning qisqarishi bo‘lib qolmoqda. Ushbu tendensiya farzand tug‘ish yoshiga 1990-yillarning kamsonli aholisi kirganligi bilan bog‘liq.

O‘zbekistonda yil boshidan buyon xorijga doimiy yashashga 15 ming kishi ketgan, shundan 46% Rossiyani tanlagan. Ushbu mamlakat mehnat muhojirlari uchun asosiy bo‘lib qolmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют