» » O‘zbekiston Asaka avtomobil zavodining aksiyalarini sotib olish jarayonini yakunladi

O‘zbekiston Asaka avtomobil zavodining aksiyalarini sotib olish jarayonini yakunladi


“O‘zavtosanoat” kompaniyasi Asaka avtomobil zavodi aksiyalarini Amerikaning General Motors korporatsiyasidan sotib olish jarayonini yakunladi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.

O‘zbekiston tomonidan Asakadagi korxona aksiyalarini sotib olish jarayoni haqida joriy yilning may oyida ma’lum bo‘lgan. O‘sha paytda “O‘zavtosanoat” rahbari hozirda kompaniyaning marketingni rivojlantirish bo‘yicha rais o‘rinbosari Umidjon Salimovning ma’lum qilishicha, kompaniya hukumat qarori bilan korxonaning qariyb 90% aksiyasini sotib oldi.

“Yil oxiriga qadar biz Amerika korporatsiyasining aksiyalari ulushini to‘liq sotib olishni rejalashtirganmiz”, — degan edi u mayda.

Parallel  ravishda Amerika tomonining 70% aksiyalari mavjud GM Powertrain Uzbekistan avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish zavodi bilan muzokaralar olib borilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, aksiyalarni sotib olish jarayoni hali yakunlanmagan.

Avvalroq, Salimov aksiyalarni sotib olishdan avval mazkur korxonaning muqobil motorlarini ishlab chiqarish masalalarini Amerika tomoni bilan muhokama etish lozim.

Aytish joizki, zavod aksiyalarining sotib olinishi Generel Motors kompaniyasining O‘zbekistondan ketishini anglatmaydi. Kompaniya respublikada texnik ko‘mak ko‘rsatish shartlarida qoladi. Shu bilan birga O‘zbekiston Chevrolet brendi ostida avtomobillarni ishlab chiqarishda davom etadi.

GM Uzbekistan qo‘shma avtokorxonasi General Motors va “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan 2008-yilning mart oyida tashkil etilgan.

O‘shanda “O‘zavtosanoat” ushbu korxonaning 75% aksiyalariga ega bo‘lgan, qolgan 25% esa Amerika korporatsiyasiga tegishli bo‘lgan.

Ayni damda Asaka zavodida sakkiz mingdan ortiq xodim xizmat qiladi. Uning umumiy maydoni 72 gektarni, ishlab chiqarish quvvati yiliga qariyb 250 ming avtomobilni tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют