» » BMT bosh kotibi yordamchisi: Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashib, O‘zbekiston kelajagi buyuk ekaniga amin bo‘ldim

BMT bosh kotibi yordamchisi: Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashib, O‘zbekiston kelajagi buyuk ekaniga amin bo‘ldim


BMT bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yencha O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi o‘rni, hamkorlikdagi faoliyati haqida fikr bildirdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Avvalroq Miroslav Yencha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Bungacha u O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va O‘zbekiston Senati raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bilan ham uchrashgan edi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgan ilk yillardanoq o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lini aniq belgilab olgan. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov mamlakatingiz jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashi uchun buyuk ishlar qildi. O‘zbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda Yadro qurolidan xoli hudud barpo etildi. U Orol muammosiga jahon hamjamiyatining e’tiborini qaratdi.

O‘zbekiston, xususan, Toshkentning betakror tarovati meni o‘ziga hamisha rom etib kelgan. Bu yerda o‘zimni uyimdagidek his qilaman. Toshkentda bir necha yil yashaganman. Shu bois mamlakatingizda turli sohalarda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni kuzatib boraman. Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashib mamlakatingiz kelajagi buyuk ekaniga, O‘zbekiston xalqining turmush farovonligi muttasil yuksalib borishiga yana bir bor amin bo‘ldim.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan O‘zbekistonni yanada rivojlantirishning besh yilga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi mamlakat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, xalq farovonligini oshirish, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-yil O‘zbekistonda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilindi. Ana shu muloqotni amalda yo‘lga qo‘yish, inson manfaatlarini ta’minlash maqsadida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etildi. Bu g‘oya, bu tizim aholi turmush farovonligi yanada yuksalishini ta’minlaydi.

O‘zbekistonning BMTga a’zo bo‘lganiga 25 yil to‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvimiz aynan shu kunga to‘g‘ri kelganida ham ramziy ma’no bor. O‘zbekiston BMTda alohida o‘rin tutadi. Mamlakatingiz bundan keyin ham tashkilotimiz doirasida dolzarb masalalar yuzasidan muhokamalarda faol ishtirok etishi, mintaqaviy va global masalalarni hal etishga munosib hissa qo‘shishiga ishonaman. O‘zbekiston bilan hamkorligimiz izchil davom etishini alohida ta’kidlamoqchiman.

Miroslav Yencha, BMT bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-03-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют