» » Xalq ta’limi vazirligi: Ota-onalardan noqonuniy ravishda yozma kafolatlarning talab etilishi noto‘g‘ri

Xalq ta’limi vazirligi: Ota-onalardan noqonuniy ravishda yozma kafolatlarning talab etilishi noto‘g‘ri


Ijtimoiy tarmoqda poytaxt maktablarining birida o‘quvchilarning qishki ta’til kunlarida ota-onalardan farzandlarining o‘zlarini qanday tutishlari kerakligi haqida talab qilingan kafolat xati surati tarqaldi. Mazkur xatda ta’kidlanishicha, ota-onalar o‘g‘il-qizlarining kompyuter klublari va masjidlarga bormasligi, pirotexnika vositalarini sotib olmasligi, ulardan foydalanmasligi, shuningdek, jamoat tartibini buzmasligi, hamda guruh, ommaviy tartibbuzarliklarda qatnashmasligi, huquqbuzarlik, jinoyatchilik sodir etmasligini kafolatlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi maktablarda byurokratizmning namoyon bo‘lishini hamda o‘quvchilarning maktabdan tashqari vaqtidagi xatti-harakatlari bo‘yicha ota-onalardan kafolat xati talab qilinishini qo‘llab-quvvatlamaydi.

“Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga mas’ul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, ma’naviy va axloqiy rivojlanishi uchun g‘amxo‘rlik qilishlari shart. Shu boisdan ham, ota-onalardan noqonuniy ravishda yozma kafolatlarning talab etilishi noto‘g‘ri hisoblanadi.

Yangi yilni osoyishtalikda kutib olish, maktab va xonadonlarda yong‘in hamda texnika xavfsizligini ta’minlash maqsadida maktab rahbarlari, o‘qituvchilar, shu bilan birga ota-onalar ham bolalar orasida pirotexnika bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlar salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida tushuntirish ishlari olib borishi kerak.

Xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, o‘smirlik davridagi inqirozlarni, shuningdek, jinoyatchilikni kelib chiqishini oldini olish, o‘g‘il-qizlarni axborot maydonidagi tahdidlardan ogohlantirish maktab o‘qituvchilari va ota-onalarning doimiy burchi ekanligini ta’kidlaydi”, — deyiladi vazirlik xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют