» » AQSh olimlari jonli arilarni dronga aylantirdi

AQSh olimlari jonli arilarni dronga aylantirdi


Hozircha ularni fermer xo‘jaliklarida hosilni ko‘paytirish uchun ishlatish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “TJournal” xabar berdi.

Masalan, asalarilar namlik va dala haroratlari to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plashi mumkin.

Vashington universiteti talaba va tadqiqotchilari asalarilarga chiplarni o‘rnatib, ularni kichik dronlarga aylantirdi. Hasharotlarning orqasiga aloqa vositalari, geolokatsiya va sensorlardan iborat datchiklar o‘rnatilgan.

Tizim 7 soat ishlaydigan batareyadan quvvat oladi. Ari uyaga qaytganda, ma’lumotlar bulutga yuklanadi, batareya esa zaryadlanadi. Arining orqasidagi “xalta”ning har biri 102 milligramm.

Olimlarning fikricha, an’anaviy dronlar bilan taqqoslaganda, asalarilar uzoqroq va tezroq masofaga ucha oladi.

Hozircha tizimda nuqsonlar mavjud: agar asalarilar uyadan tashqarida o‘lsa, “xalta” zararli chiqindiga aylanadi. Bundan tashqari, hozircha barcha chiplar qo‘l bilan biriktiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют