» » Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinladi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinladi


Osiyo taraqqiyot banki Sindi Malvichinini O‘zbekistondagi vakolatxonaning yangi rahbari etib tayinladi. Bu haqda OTB matbuot xizmati xabar berdi.

Sindi Malvichini AQSh fuqarosi. Osiyo taraqqiyot bankidagi faoliyatini 2005-yilda boshlagan. Yangi lavozimga tayinlanguniga qadar, OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari va rahbari vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan.

Sindi Malvichini 2019-2021 yillar uchun Osiyo taraqqiyot bankining mamlakat bo‘yicha biznes-rejalarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish hamda sheriklik strategiyasi ustidan nazorat olib boradi.

OTBning biznes-rejasi va strategiyasi infratuzilmaviy investitsiyalar, inson kapitali va xususiy sektorni rivojlantirish, shuningdek, mintaqaviy hamda ijtimoiy integratsiyani yaxshilash orqali mamlakatning uzoq muddatli rivojini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют