» » Toshkentdagi Central Park bog‘ida Yangi yil festivali bo‘lib o‘tadi

Toshkentdagi Central Park bog‘ida Yangi yil festivali bo‘lib o‘tadi


Toshkent shahridagi Central Park istirohat bog‘ida 25-dekabrdan 10-yanvargacha New Year Fest 2019 tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tadbir tashkilotchilari “Daryo” ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bog‘da katta archa o‘rnatiladi, shuningdek Toshkent shahridagi ommabop restoranlar va kafelar tomonidan yarmarka ham tashkil etiladi.

Bundan tashqari, bog‘ markaziga Parijdagi Eyfel minorasining aynan nusxasi o‘rnatilib, bayramona bezatiladi.

“Bunday festival Toshkentda ilk marta o‘tkazilmoqda. Bizning maqsadimiz — shahar aholisiga qiziqarli dastur va Yevropa uslubidagi haqiqiy bayramni tuhfa etishdir”, — deydi bayram tashkilotchilaridan biri.

25-dekabrdan boshlab har kuni soat 18:00 dan boshlab, bolalar va kattalar uchun tanlovlar, shou-dasturlar o‘tkaziladi. Bog‘ga kirish bepul.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют