» » Toshkentdagi mehmonxonalardan birini fohishaxonaga aylantirganlar jazolandi

Toshkentdagi mehmonxonalardan birini fohishaxonaga aylantirganlar jazolandi


Bir guruh fuqarolar Toshkentdagi mehmonxonalardan birini fohishaxonaga aylantirgan. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Xabarda mehmonxona nomi ko‘rsatilmagan.

Xabar berishlaricha, mehmonxona ma’muri taksichilar fohisha so‘ragan erkaklardan 90—120 ming so‘mdan pul olib, ular uchun zarur sharoit yaratib bergan. Unga bir taksichi fohishalarni yetkazib berib turgan.

Ma’lum fursat o‘tganidan so‘ng, mehmonxona ma’muri fohishalarga talabi bor va “asosan xorijliklar tashrif buyuradigan” tungi klub rahbari bilan tanishib, u bilan dollarda pul olib ishlashga kelishib oladi. Shunday qilib, ma’mur har bir mehmon uchun ajratilgan xona uchun 50 dollardan, taksichilar esa mijozlarni olib kelgani uchun 10 dollardan pul oladigan bo‘lgan.

“Tegishli idoralarga qilingan shikoyatdan keyin maxsus tadbirda ma’mur navbatchilik qilayotgan bir kechaning o‘zida 32 nafar erkak va ayolga noqonuniy ravishda xonalar ajratgani ma’lum bo‘ldi. Uning seyfidan tegishli tartibda mehmonxona g‘aznasiga kirim qilinmagan 3,5 million so‘m va 500 dollar ashyoviy dalil sifatida olindi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

IIV matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, uyushgan jinoiy guruhning barcha a’zolariga jazo tayinlangan. Biroq aynan qanday jazo choralari ko‘rilganiga aniqlik kiritilmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-03-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют