» » Toshkent viloyatida qo‘shimcha soliq manbalari aniqlandi

Toshkent viloyatida qo‘shimcha soliq manbalari aniqlandi


Toshkent viloyati hokimligida soliq tizimidagi islohotlar samaradorligini ta’minlash va budjetga qo‘shimcha daromad zaxiralarini aniqlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahliliga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘basi xabar berdi.

Viloyat hokimligi, prokuratura, davlat soliq boshqarmasi, moliya boshqarmasi va tegishli korxona hamda tashkilotlar vakillari ishtirok etgan tadbirda soliq to‘lovlarining bugungi holati, sohadagi muammolar ham atroflicha tahlil etildi.

Tadbirda qayd etilganidek, viloyat davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilgan xatlov natijasida 2231 nafar shaxsning mehnat faoliyati qonuniylashtirildi va mazkur obyektlarga 693 mln. so‘m soliq hisoblandi. Shuningdek, 955 ta obyektda o‘tkazilgan o‘rganish natijasida aniqlangan holat bo‘yicha 418,5 mln. so‘m qo‘shimcha soliq to‘lovi hisob-kitob qilindi. Bozorlar va savdo komplekslarida 500 nafar shaxsning faoliyati qonuniylashtirildi va 107 mln. so‘m qo‘shimcha soliq manbai aniqlandi.

Ma’lumki, davlat budjeti soliq va boshqa majburiy to‘lovlar orqali shakllanadi. Bu mablag‘ ijtimoiy sohalardagi xarajatlarga, aholi turmush farovonligini oshirishga, davlat chegaralari daxlsizligini ta’minlashga yo‘naltiriladi. Shu bois soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish har birimizning fuqarolik burchimizga aylanmog‘i lozim, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют