» » Kongoda yuk samolyoti halokatga uchradi, uning ekipaji rossiyaliklardan iborat bo‘lgan

Kongoda yuk samolyoti halokatga uchradi, uning ekipaji rossiyaliklardan iborat bo‘lgan


Kongo Demokratik Respublikasida An-26 yuk samolyoti halokatga uchradi, deb yozadi “KP.ru”. Respublikadagi Rossiya elchixonasidan ma’lum qilishlaricha, laynerni rossiyalik ekipaj boshqargan bo‘lishi mumkin.

“Samolyot bortida, tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, 23 kishi, shu jumladan, uch nafar ekipaj a’zosi, Rossiya fuqarolari bo‘lgan”, — dedi Rossiyaning Kongodagi elchisi Aleksey Sentebov.

Mahalliy OAVlar ma’lum qilishicha, halokat 20-dekabr kuni Kinshasa shahar aeroporti yaqinida yuz bergan. Samolyot qo‘nishga kirish chog‘ida kutilmaganda qulab tushgan. Aviahalokat oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lgan.

Yuk samolyoti bortida saylov byulletenlari bo‘lgani aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют