» » O‘zbekistonning 23 tumanida shafran plantatsiyalari tashkil etiladi

O‘zbekistonning 23 tumanida shafran plantatsiyalari tashkil etiladi


O‘zbekistonda 2017—2019-yillarda 23 tumanda 50 gektardan ziyod maydonda shafran plantatsiyalarini tashkil etish rejalashtirilgan. O‘zAning biologiya fanlari doktori, professor Boboqul To‘xtayev va katta ilmiy xodim-izlanuvchi Aziz Mahmudovga asoslanib xabar berishicha, shafran xomashyosidan farmatsevtika sanoatida foydalanish, mahsulotni eksportga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Gulsafsardoshlar oilasiga mansub shafran shamoldan pana, janub tomonga biroz qiya bo‘lgan, quruq tuproqlarda o‘sadi. Uni ekish muddati o‘simlik tinim davriga o‘tgan vaqtda, ya’ni iyul—avgust oylariga to‘g‘ri keladi. Za’faron tuganak piyozlari 10 santimetr uzoqlikda, 15 santimetr chuqurlikda, 60 santimetr kenglikda ekiladi.

Za’farondan olinadigan dorivor xomashyo — qizil rangli gul ustunchasi oktyabr—noyabr oylarida teriladi va shafran tayyorlash punktlariga yuboriladi. Bir gektar plantatsiyadan o‘rtacha 4 kilogramm, ikkinchi yili 7—8, keyingi yillarda 15—16 kilogramm dorivor hosil olinadi.

Qayd etishlaricha, jahon bozorida 1 kilogramm xomashyoning narxi 400 dollardan 1000 dollargacha baholanadi. Bugungi kunda shafran Eron, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Avstraliya kabi 15 dan ortiq mamlakatda yetishtiriladi.

O‘zbekistonda ushbu o‘simlikni ko‘paytirish va plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika bog‘i olimlari tomonidan olib borildi.

“Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, shafran yurtimiz tuproq-iqlim sharoitiga to‘liq mos bo‘lib, uni Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlarining tog‘ va tog‘oldi hududlarida, bog‘ va tokzorlar qator oralarida, o‘rmon hududlarida yetishtirish imkoniyati mavjud”, — deyiladi O‘zAda e’lon qilingan maqolada.

2017-yildan boshlab Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ va Kitob tumanlarida 4 gektardan, Shahrisabz tumanida 3 gektar maydonda shafran plantatsiyalarini barpo etish mo‘ljallanmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-03-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют