» » Shavkat Mirziyoyev: Toshkent shahrini yirik ishbilarmonlik va moliya markaziga aylantirishimiz zarur

Shavkat Mirziyoyev: Toshkent shahrini yirik ishbilarmonlik va moliya markaziga aylantirishimiz zarur


Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boshlandi. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent shahrida 2017-yili yalpi hududiy mahsulot 5 foizga o‘sgani qayd qilindi. Joriy yilda bu ko‘rsatkich 8,1 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, joriy yil yakuni bo‘yicha sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 9,2 foizga, qurilish ishlari 11,6 foizga, xizmat ko‘rsatish 10,5 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu mamlakat bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlardandir.

Prezident Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha muhim yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi. Toshkent shahrini yirik ishbilarmonlik va moliya markaziga aylantirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

- Bugungi globallashuv davrida iqtisodiyotga investitsiyalarni faol jalb etib, biznes uchun qulay sharoitlar yaratib berayotgan shaharlar jadal rivojlanmoqda. Toshkent shahrini yuqori texnologik sanoat mahsulotlari ishlab chiqaradigan, bank, moliya, sug‘urta va boshqa zamonaviy xizmatlar ko‘rsatadigan yirik xalqaro markazga aylantirishimiz zarur. Shahar atrofi sanoat zonalari, shahar ichi esa innovatsion hudud bo‘lishi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ijtimoiy soha, qurilish va kommunal tarmoqlarni rivojlantirish, aholi va turistlar uchun qulayliklarni oshirish bo‘yicha ham istiqboldagi muhim vazifalar belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют