» » Osiyo taraqqiyot banki Sindi Malvichinni O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari etib tayinladi

Osiyo taraqqiyot banki Sindi Malvichinni O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari etib tayinladi


Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Sindi Malvichinni O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari etib tayinladi. Bu haqda “Turon 24” xabar berdi.

Malvichin OTBning O‘zbekistondagi faoliyati bilan shug‘ullanadi. 2019—2021-yillarga mo‘ljallangan OTBning O‘zbekiston bo‘yicha biznes rejasini hamda strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qiladi.

— OTB O‘zbekiston bilan uzoq muddatli hamkorlikka ega. Vazifam ushbu hamkorlikni mustahkamlash, mamlakatni rivojlantirish va islohotlarni amalga oshirishda O‘zbekiston hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilishdir, — deydi Malvichin.

Malvichin 2014-yilda bu lavozimga tayinlangan va 2018-yilning iyunida vakolati tugagan Takeo Konishining o‘rnini egallaydi. U 2001—2005-yillarda OTBda maslahatchi sifatida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют