» » O‘zbekistonda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha loyiha ishga tushirildi

O‘zbekistonda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha loyiha ishga tushirildi


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yuqori sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish bo‘yicha loyihani sinov tariqasida ishga tushirdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha doirasida respublikaning to‘rt hududi — Toshkent shahri, Yangiyo‘l, Jizzax va Guliston shaharlaridan 5 ta maktab tanlab olindi. Unda 929 nafar 9, 10 va 11-sinf o‘quvchisi ishtirok etmoqda.

Kasbga yo‘naltirish dasturi HP uskunasida o‘tkaziladigan kompyuterli test sinovi va amaliy seminardan iborat. Dastur yakuni bo‘yicha har bir o‘quvchiga test natijalari hamda ishga kirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Mazkur loyiha hamkori sifatida MyWay rivojlantirish va kasbga yo‘naltirish markazi qatnashmoqda. Test sinovidan O‘zbekistondagi barcha o‘quvchilar birdek foydalana olishi uchun kompaniya mazkur dasturni o‘zbek tiliga o‘girish va moslashtirish ishlariga kirishgan.

Loyihani amalga oshirish natijalariga ko‘ra vazirlik tomonidan maktab va kollej o‘quvchilari orasida kasbga yo‘naltirishni joriy etish bo‘yicha tahliliy material va tavsiyalar ishlab chiqiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-12-2018, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют