» » Chilonzorda va Oloy bozori yaqinida yuz bergan yong‘inlar sabablari ma’lum qilindi

Chilonzorda va Oloy bozori yaqinida yuz bergan yong‘inlar sabablari ma’lum qilindi


Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi 2-mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda poytaxtda so‘nggi haftada yuz bergan ikkita yirik yong‘in sabablarini ma’lum qildi, deb yozadi UZ24.

YoXB boshlig‘i Dilshod Tillaxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, Chilonzor tumanidagi Cho‘ponota ko‘chasida joylashgan besh qavatli binoning yonib ketishiga elektr simlaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Binoda to‘qimachilik korxonalarining tikuv sexlari joylashgan. Alanga birinchi qavatda paydo bo‘lgan, so‘ng ikkinchi va uchinchi qavatlarni qamrab olgan.

Amir Temur ko‘chasida, Oloy bozori qarshisida joylashgan biznes-markazda yong‘in kelib chiqishiga esa nazoratsiz qoldirilgan ofis texnikasi sababchi bo‘lgan. YoXB boshlig‘i aniqlik kiritishicha, alanga tarmoqli filtr — qo‘shimcha elektr sim bilan muomalada ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yilgani oqibatida chiqqan.

Опубликовано: admin (3-03-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют