» » O‘zbekiston tibbiyotida elektron sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga start berildi

O‘zbekiston tibbiyotida elektron sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga start berildi


Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov O‘zbekistonda bo‘lib turgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi bo‘limi direktori Klaudia Steyn boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Unda “20182020-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakilligi o‘rtasidagi ikki yillik hamkorlik kelishuvi” doirasida sog‘liqni saqlash axborot tizimi va ma’lumotlarni boshqarish uchun xalqaro standartlardan foydalanish bo‘yicha texnik ko‘maklashuv amalga oshirish rejalari muhokama qilindi.

Mazmunli muloqot davomida sog‘liqni saqlash axborot tizimini rivojlantirish “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish, kadrlar salohiyatini monitoring qilish, baholash, o‘qitish va rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish, xalqaro ekspertlarni jalb etib, soha mutaxassislari uchun treninglar o‘tkazish, elektron sog‘liqni saqlashni rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga grantlar ajratish masalalari hal etildi.

Uchrashuvda JSST O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish doirasida sohaga doir ma’lumotlarni boshqarish jarayoniga grantlar ajratilib, tibbiyotda elektron tizimni tatbiq etish borasidagi sa’y-harakatlar boshlab yuborilgani e’tirof etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-12-2018, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют