» » Sergey Lavrov Toshkentda MGIMO filiali ochilishini ma’lum qildi

Sergey Lavrov Toshkentda MGIMO filiali ochilishini ma’lum qildi


Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Toshkent va Bokuda filiallarini ochish bo‘yicha ish olib bormoqda. Bu haqda MGIMO kuzatuv va vasiylik kengashining qo‘shma yig‘ilishida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik.

“MGIMO xorijdagi mavqeyini mustahkamlamoqda. O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbariyati iltimosiga binoan universitet ushbu mamlakatlarda o‘z filiallarini tashkil qilish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini olib bordi. Bugun oldimizda Toshkent va Boku filiallarini ochish uchun MGIMO nizomiga tegishli o‘zgartishlarni kiritish vazifasi turibdi”, deb aytgan Lavrov.

Lavrovga ko‘ra, ushbu qadam MDH hududida Rossiya gumanitar aloqalarini kengaytirishga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-12-2018, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют