» » Farg‘onada o‘tkazilgan “Vatanparvarlik oyligi” tadbirlarida 15 mingdan ortiq kishi qatnashdi (foto)

Farg‘onada o‘tkazilgan “Vatanparvarlik oyligi” tadbirlarida 15 mingdan ortiq kishi qatnashdi (foto)


Farg‘onada viloyat hokimligi, Milliy gvardiya viloyat bo‘linmasi, yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamkorligida “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Festivalda Farg‘ona shahridagi oliy va umumta’lim muassasalari o‘qituvchilari, talabalar, o‘quvchilar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, keng jamoatchilik vakillaridan iborat 15 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Dastlab o‘quvchilar, talabalar hamda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ishtirokida marafon o‘tkazildi.

Shahar ko‘chalari bo‘ylab zamonaviy harbiy texnikalarning tantanali paradi uyushtirildi.

Sharqiy okrug qo‘shinlari, Milliy gvardiyaning hududiy bo‘limi, viloyat ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan ko‘rgazma tashkil qilindi. Unda yoshlar Milliy gvardiya bo‘linmalarida foydalanilayotgan harbiy texnika, qurol-aslaxa va boshqa maxsus vositalar bilan yaqindan tanishdi. Harbiy xizmatchilar zamonaviy harbiy texnikalarning taktik-texnik xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

“Istiqlol” stadionida harbiylar tomonidan harbiy-jangovar chiqishlar namoyish qilindi. Sharqiy harbiy okrug harbiy orkestri tomonidan harbiy-vatanparvarlik mavzusida konsert dasturi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Prezidentining farmoyishiga muvofiq Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan joriy yilning 15-dekabridan 2019-yilning 15-yanvariga qadar bir oy muddat “Vatanparvarlik oyligi” etib belgilangan. Oylik doirasidagi bu kabi tadbirlar Mudofaa vazirligining barcha qo‘shinlarida har kuni o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-12-2018, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют