» » Hind kompaniyasi o‘zbek olimlari yaratgan texnologiyani moliyalashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqadi

Hind kompaniyasi o‘zbek olimlari yaratgan texnologiyani moliyalashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqadi


Innovatsion rivojlanish vazirligida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada kengaytirish ishlari doirasida Hindistonning Arvind Limited tekstil kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Xalq so‘zi Online” xabar berdi.

“Arvind Limited tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi korxonalar ichida Hindistondagi eng yirik va dunyodagi to‘rtinchi kompaniya hisoblanadi. Yillik pul aylanmasi 2 milliard AQSh dollariga teng. Tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bir qatorda kompaniya qishloq xo‘jaligi sohasida ham faoliyat yuritib, telekommunikatsiya, injiniring va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatadi”, — deydi Arvind Limited kompaniyasining paxtachilik va agrobiznes bo‘yicha direktori Pragnesh Shax.

Uchrashuvda mamlakatda amalga oshirilayotgan yangi iqtisodiy-investitsion siyosat, xorijiy investorlarga yaratilayotgan sharoitlar, shuningdek, tekstil sohasida klaster loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Jumladan, paxta yetishtirish va qayta ishlash hamda tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchi agrotekstil klasterini yaratish masalalari muhokama etildi. Shu bilan birga mehmonlarda o‘zbek olimlari tomonidan yaratilgan paxta gen-nokauti texnologiyasi katta qiziqish uyg‘otib, mazkur texnologiyani tijoratlashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishlari mumkinligini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-12-2018, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют