» » Bundesliga. “Borussiya”lar to‘qnashuvida Dortmund g‘olib, “Bavariya” bugun “Ayntraxt”ga qarshi jang qiladi

Bundesliga. “Borussiya”lar to‘qnashuvida Dortmund g‘olib, “Bavariya” bugun “Ayntraxt”ga qarshi jang qiladi


21-dekabr, juma (shanbaga o‘tar kechasi) kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasida 17-tur markaziy o‘yin bilan boshlandi.

Unda musobaqa jadvalida 1 hamda 2-o‘rinlarni band qilib turgan jamoalar — “Borussiya D” va “Borussiya M” o‘zaro kurash olib bordi. O‘yinda “Borussiya Dortmund” kichik hisobda (2:1) g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 42-daqiqasida Jeydon Sancho hisobni ochgan bo‘lsa, 1-bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqada “Borussiya M” a’zosi Kristofer Kramer raqib darvozasini ishg‘ol etdi (1:1). 2-bo‘limning 54-daqiqasida Marko Roys hisobni 2:1 ko‘rinishiga olib keldi. Mazkur natijaga o‘yin so‘ngiga qadar o‘zgarmay qoldi.

22-dekabr, shanba kuni tur doirasida bir qator o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Jumladan, “Bayer Leverkuzen” jamoasi o‘z maydonida “Herta”ni qabul qiladi. O‘yin 19:30 da boshlanadi.

“Bavariya” esa mazkur turda Frankfurtga safar qiladi. Myunxen klubi “Ayntraxt” bilan kurash olib boradi. Bellashuv 22:30 da boshlanadi.

Bundesliga

17-tur bahslari

22-dekabr, shanba

Gollar: 1:0—42 Sancho, 1:1—45+1 Kramer, 2:1—54 Roys.

23-dekabr, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-12-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют