» » Fitch’dan so‘ng Standard & Poor’s agentligi ham O‘zbekistonning kredit reytingini belgiladi

Fitch’dan so‘ng Standard & Poor’s agentligi ham O‘zbekistonning kredit reytingini belgiladi


Fitch Ratings va S&P Global Ratings barqaror prognozlari bilan “BB-” darajasidagi O‘zbekistonning ilk xalqaro suveren kredit reytinglarini belgiladi, deya xabar bermoqda Moliya vazirligi axborot xizmati.

Fitch Ratings va S&P Global Ratings tomonidan beriladigan suveren kredit reytinglar davlatlarning o‘z majburiyatlari bo‘yicha to‘lov qobiliyatini belgilaydi. Reytingni belgilash ikki asosiy yo‘nalishda amalga oshiriladi:

Shu bilan birga, agentliklar tomonidan har bir mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalardagi o‘tgan besh yillik va kutilayotgan (prognozlashtirilgan) ko‘rsatkichlarning tahlili, statistik va boshqa ma’lumotlarning ochiqligi va ularning sifati, raqobatbardoshlik va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasi kabi ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda rejalashtirilgan islohotlarga konservativ yondashish asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekistonga berilgan suveren kredit reytinglar barqaror prognoziga ega bo‘lib, yaqin kelajakda (12—18 oy) pasayish ehtimoli kamligini anglatadi. Ma’lumot uchun, mazkur reytinglar Argentina, Armaniston va Belarus davlatlaridan yuqori hamda Braziliya va Gruziya bilan bir xil darajada qayd etildi.

Fitch Ratings va S&P Global Ratings tomonidan belgilangan reytinglar xalqaro moliya bozorlarining institutsional va boshqa investorlari uchun muhim ahamiyat kasb etib, O‘zbekiston haqida kerakli bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ladilar va sarmoyalar kiritish uchun qaror qabul qilishda yordam beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-12-2018, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют