» » Sirdaryoda mast haydovchi yo‘l nazoratchisini 40 metrgacha sudrab ketdi

Sirdaryoda mast haydovchi yo‘l nazoratchisini 40 metrgacha sudrab ketdi


Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida 21-dekabr kuni viloyat IIB YHXB xodimi Namuna ko‘chasida xizmat olib borayotib, shu yerda harakatlanib kelayotgan mast holda bo‘lgan U.M. boshqaruvidagi “VAZ-21063” rusumli avtomashinani to‘xtatib, undan tegishli hujjatlarini so‘ragan.

Haydovchi xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmay, faol qarshilik ko‘rsatib, avtoulovni haydab ketgan. Oqibatda avtomashina eshigini qo‘li bilan ushlab turgan xodimni taxminan 40 metr masofagacha sudrab borgan.

“Natijada xodim jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. U.M. qo‘lga olinib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-12-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют