» » AQShda hukumatning faoliyati qisman to‘xtab qoldi. Kongress Meksika bilan chegaradagi devor qurilishiga pul ajratishdan bosh tortdi

AQShda hukumatning faoliyati qisman to‘xtab qoldi. Kongress Meksika bilan chegaradagi devor qurilishiga pul ajratishdan bosh tortdi


Kongress Meksika bilan chegaradagi devor qurilishi uchun besh milliard dollar ajratishni nazarda tutuvchi byudjet to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilmaganidan so‘ng, AQShning bir necha vazirliklari faoliyati qisman to‘xtab qoldi, deya xabar bermoqda Meduza.

Ushbu holat, xususan, Ichki xavfsizlik vazirligi, Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat departamenti, NASA agentligi va Milliy parklar xizmatiga daxl qiladi. 800 mingga yaqin xodim maosh olishni to‘xtatadi, ulardan 380 ming nafari ishga chiqishni to‘xtatadi, qolgani esa tekinga ishlaydi.

Meksika bilan chegaradagi devor qurilishi uchun pulni byudjetga kiritishni AQSh prezidenti Donald Tramp talab qilyapti. Aytishicha, u devor qurilishi uchun pul ko‘zda tutilmagan byudjetni imzolamaydi va ayni shu masala sabab hukumatning ishi to‘xtatib qo‘yishdan “faxrlanadi”.

Ma’lumot uchun, bu 2018-yil hisobidan AQSh hukumati faoliyatini moliyalashtirish jarayoni to‘xtab qolishi bilan bog‘liq uchinchi holat. Meksika bilan chegarada devor qurish esa Donald Trampning eng asosiy saylovoldi va’dalaridan biri edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-12-2018, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют