» » O‘zbekistonda rahbarlik lavozimlarida ishlayotganlar orasida ayollar ulushi 1 foizni ham tashkil etmaydi

O‘zbekistonda rahbarlik lavozimlarida ishlayotganlar orasida ayollar ulushi 1 foizni ham tashkil etmaydi


O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining 2014—2018-yillardagi faoliyati yakunlari va kelgusidagi vazifalari tashkilotning 22-dekabr, shanba kuni bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov konferensiyasida sarhisob qilindi. “Gazeta.uz”ning xabar berishicha, tadbirda Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi (u keyingi besh yil muddatga qo‘mita raisi etib saylandi) Tanzila Norboyeva ma’ruza qilgan.

“Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida amalga oshirayotgan ishlarimiz hali bugungi kun talabiga to‘liq javob bermaydi, hududlarda olib borilayotgan ishlar qoniqarsiz ahvolda. Siyosiy partiyalar bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan bo‘lishiga qaramasdan, ularning ijrosini ta’minlashga yetarli e’tibor qaratilmayapti. Vakillik organlari hamda parlament deputatligiga nomzod ko‘rsatish jarayonida xotin-qizlar uchun belgilangan 30 foizlik kvota qamrab olinmayapti. Bugungi kunda vakillik organlari va parlament deputatlari orasidagi xotin-qizlar ulushi 15 foizni ham tashkil etmaydi. Sababi, ko‘rsatilayotgan nomzodlarni tayyorlash borasida tizimli ish olib borilmayapti, ayniqsa, rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlardan nomzod so‘ralsa, topib ham bera olmayapmiz”, — dedi Norboyeva.

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi ayol kadrlarni ish bilan ta’minlanishi masalasiga ham to‘xtatilb o‘tdi. «Hozirgi kunda rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borayotgan ayollar soni 1 foizni ham tashkil etmaydi. Joylarda xotin-qizlarning yetakchiligini ta’minlashda asosiy bo‘g‘in bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatlari ham qoniqarsiz ahvolda. Shunday ekan, biz Xotin-qizlar qo‘mitalari bu boradagi faoliyatimizni tubdan qayta ko‘rib chiqishimiz shart. Birinchidan, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining kadrlar bilan ishlash Konsepsiyasini ishlab chiqishimiz va qabul qilishimiz lozim. Bunda, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, ijtimoiy faol ayollarning rahbarlik lavozimlariga tayyorlab borish, ularni o‘qitish, malakasini oshirish, turli rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimini yaratish zarur”, — dedi qo‘mita raisi.

“Ikkinchidan, siyosiy partiyalar bilan hamkorlikda vakillik organlariga, parlament deputatligiga nomzodlarni tayyorlash va 2019-yilgi saylovlarda xotin-qizlar tomonidan nomzod ko‘rsatilishini 50 foizgacha yetkazish hamda deputatlar orasida ularning ulushini 30 foizdan kam bo‘lmasligiga erishishni o‘zimizga vazifa qilib olishimiz kerak. Uchinchidan, xotin-qizlarning yetakchiligini ta’minlashda boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati kuchaytirishimiz, korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan iqtidorli, salohiyatli kadrlarni aniqlab, ulardan zaxira kadrlarni shakllantirish lozim. Ayniqsa, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalaridagi, shuningdek, xususiy sektordagi boshlang‘ich tashkilotlar faolligini oshirishimiz kerak”, — deya qo‘shimcha qildi Norboyeva xonim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-12-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют