» » Pan Gi Mun: Men O‘zbekiston rahbarining zakovatiga, yetakchilik sifatlariga va Orol muammosini hal etish uchun ko‘rsatayotgan jonkuyarligiga lol qoldim

Pan Gi Mun: Men O‘zbekiston rahbarining zakovatiga, yetakchilik sifatlariga va Orol muammosini hal etish uchun ko‘rsatayotgan jonkuyarligiga lol qoldim


O‘zbekiston Prezidenti topshirig‘iga binoan 21—22-dekabr kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinboasari Ilhom Ne’matov boshchiligidagi delegatsiya BMT sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun rahbarlik qilayotgan Yashil taraqqiyot global instituti va Moslashuv bo‘yicha global komissiya bilan hamkorlik o‘rnatish masalalarini muhokama qilish maqsadida Janubiy Koreyaga tashrif buyurdi.

TIV matbuot xizmatining qayd etishicha, Pan Gi Mun bilan Seul shahrida o‘tkazilgan uchrashuvda Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat to‘g‘risida fikr almashildi. BMT sobiq bosh kotibi Orol inqirozining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi va Prezident Shavkat Mirziyoyevning xalqaro hamjamiyatning mazkur muammoga diqqatini yanada ko‘proq jalb qilish va uni yechish uchun donorlik yordamlarini safarbar qilishga qaratilgan xalqaro tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.

“Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda keng qamrovli masalalarni, jumladan Orol fojiasi oqibatlariga qarshi kurashish uchun xalqaro donorlik hamjamiyatlarining kuch va resurslarini jalb qilishni muhokama qilgan edik. Men O‘zbekiston rahbarining zakovatiga, yetakchilik sifatlariga va uning mazkur global muammoni hal etish uchun ko‘rsatayotgan jonkuyarligiga lol qoldim. Biz O‘zbekistonning Yashil taraqqiyot global instituti va Moslashuv bo‘yicha global komissiya bilan hamkorlik o‘rnatishga qiziqish bildirganini qo‘llab quvvatlaymiz”, — deb qayd etdi Pan Gi Mun.

U 2018-yil noyabri so‘ngida Orolbo‘yi masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan va Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan edi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Yashil taraqqiyot global instituti (GGGI) shtab-kvartirasiga ham tashrif buyurib, mazkur tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bialn tanishdi. O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan taqdimot chog‘ida GGGI mutaxassislari Orolbo‘yidagi holat bilan mufassal tanishtirildi.

Tadbirda aniq loyihalar asosida, jumladan xalqaro donorlik tuzilmalarining moliyaviy-texnik ko‘magini jalb qilish orqali Orol fojiasi hududidagi ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash bo‘yicha hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Orolbo‘yi hududini tiklash bo‘yicha lohiyalarning taqdimoti yakunida mavjud vaziyatni joyning o‘zida o‘rganish va tadim qilingan loyihalarni amaliy jihatdan hayotga tadbiq qilish uchun GGGI mutaxassislarining mamlakatimizga tashrifini tashkillashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-12-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют