» » “Chelsi” ijaradagi hujumchisini yana ijaraga berib yuboradi

“Chelsi” ijaradagi hujumchisini yana ijaraga berib yuboradi


Belgiyalik hujumchi Mishi Batshuayi yana klubini o‘zgartirishi mumkin, deb yozadi “Sports.ru”.

Transfer huquqi “Chelsi”ga tegishli bo‘lgan Batshuayi ayni damda ijara asosida “Valensiya” safida to‘p surmoqda. Ammo ispan klubi futbolchini to‘liq sotib olish borasida bir qarorga kela olmayapti.

Qayd etilishicha, Mishi katta ehtimol bilan qishki transferlar vaqtida “Chelsi”ga qaytarib yuboriladi.

London klubi esa Batshuayini “Kristal Pelas”ga yuborish variantini ko‘rib chiqmoqda. “Chelsi” futbolchining xizmatlarini allaqachon “Kristal Pelas”ga taklif qilib bo‘lgani aytilmoqda.

Mishiga, shuningdek, hozirda “Monako”, “Milan” va “Roma” klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, futbolchi joriy mavsum 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-12-2018, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют