» » “Real Madrid” ketma-ket 3-marta klublar o‘rtasidagi JChda g‘olib chiqdi (video)

“Real Madrid” ketma-ket 3-marta klublar o‘rtasidagi JChda g‘olib chiqdi (video)


22-dekabr, shanba kuni futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida final bellashuvi o‘tkazildi.

Unda Madridning “Real” jamoasi BAAning “Al-Ayn” jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etdi. “Real” safida Luka Modrich, Markos Lyorente hamda Serxio Ramos gol urishga erishdi. Yana bir golni esa Nodir o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. “Al-Ayn”ning yagona javob goli Shiotani tomonidan kiritildi.

Shu tariqa “Real Madrid” o‘z tarixidagi 4-marta klublar o‘rtasidagi mundialda g‘alaba qozondi. Qayd etish joiz, bu madridliklarning ketma-ket uchinchi g‘alabasidir.

Modrichning goli

Lyorentening goli

Ramosning goli

Klublar o‘rtasidagi JCh

Final

22-dekabr, shanba

Gollar: 1:0 – 14 Modrich, 2:0 – 60 Lyorente, 3:0 – 78 Ramos, 3:1 – 86 Shiotani, 4:1 – 90 Nodir (avtogol)

“Real Madrid”: Kurtua, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos (Sebalyos, 71), Lyorente (Kazemiro, 82), Vaskes, Modrich, Beyl, Benzema.

“Al-Ayn”: Iso, Ahmad, Shiotani, Ahmad (Muhammad, 64), al-Shahat, Fayyoz, Yaslam, Dumbiya, Kayo, Berg (Nodir, 75), Umar Abdurahmon (Abdurahmon, 67).

Ogohlantirish: Ramos (45).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-12-2018, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют