» » APL. “Man Siti” va “Chelsi” o‘z uyida yutqazdi, “Manchester Yunayted” esa 5 ta gol urib yutdi

APL. “Man Siti” va “Chelsi” o‘z uyida yutqazdi, “Manchester Yunayted” esa 5 ta gol urib yutdi


22-dekabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasi 18-turidan o‘rin olgan bir nechta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.?

“Stemford Brij” stadionida “Chelsi” “Lester”ni qabul qilib, 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Yagona gol Jeymi Vardi tomonidan kiritildi.

“Ittihod” stadionida mezbon “Manchester Siti” “Kristal Pelas” bilan bellashib, 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Yangi bosh murabbiy (Ole-Gunnar Sulsher)ga ega bo‘lgan “Manchester Yunayted” esa “Kardiff” mehmoni bo‘lib, 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Manchester klubi safida Jessi Lingard dublga erishdi. Markus Reshford, Ander Errera va Antoni Marsial ham o‘z nomiga bittadan gol yozib qo‘ydi.

23-dekabr, yakshanba kuni turning so‘nggi o‘yini “Everton”—“Tottenhem” o‘rtasida kechadi.

APL

18-tur bahslari

21-dekabr, juma

Gollar: 0:1 – 18 Saloh, 0:2 – 68 van Deyk.

22-dekabr, shanba

Gollar: 1:0 – 14 Obameyang, 2:0 – 48 Obameyang, 2:1 – 63 Barns, 3:1 – 90 Ivobi.

Gollar: 0:1 – 15 Redmond, 0:2 – 42, penalti Ingz, 1:2 – 58 Billing, 1:3 – 71 Obafemi.

Gol: 0:1 – 51 Vardi.

Gollar: 0:1 – 30, penalti Dini, 0:2 – 87 Deulofeu.

Gollar: 1:0 – 21 Bruks, 2:0 – 77 Bruks.

Gollar: 1:0 – 27 Gundo‘g‘an, 1:1 – 33 Shlupp, 1:2 – 35 Taunsend, 1:3 – 51, penalti Milivoyevich, 2:3 – 85 de Bryuyne.

Gollar: 0:1 – 3 Reshford, 0:2 – 29 Errera, 1:2 – 38, penalti Kamarasa, 1:3 – 41 Marsial, 1:4 – 57, penalti Lingard, 1:5 – 90 Lingard.

23-dekabr, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-12-2018, 01:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют