» » Konor Makgregor sudga berildi

Konor Makgregor sudga berildi


UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makrgegor Habib Nurmagomedov bilan jangdan olgan gonoraridan butunlay mahrum qilinishi mumkin, deb yozadi “AllBoxing.ru”.

Gap 3 million dollar haqida ketmoqda. Bunga sabab esa UFC jangchisi Maykl Kyezaning Makgregor ustidan sudga arz qilganidir. 2018-yil aprel oyida Konorning avtobusga hujum qilishi natijasida Kyeza jarohat oladi. Bungacha esa UFC Kyezaga Habib Nurmagomedovga qarshi jang qilishi kerak bo‘lgan Maks Xolloueyni almashtirish taklif qilinadi. Ammo Kyeza jarohat olgani bois, Habibga qarshi jang qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.

Kyezaning sudga bergan da’vosiga ko‘ra, Makregor qilgan jinoiy harakati (avtobusga hujumi nazarda tutilmoqda) UFC 229 oqshomi uchun reklama vazifasini o‘tab bergan. U bundan moliyaviy foyda olgan deya ta’kidlanadi da’voda. Nyu-York shtati qonunlariga ko‘ra esa jinoiy harakatlardan foyda olish taqiqlanadi.

Kyeza shuning uchun Makgregorni UFC 229 dagi gonorari va barcha reklamadan topgan daromadlaridan mahrum qilib, ularni apreldagi hujumdan jabrlanganlarga berishni talab qilib sudga arz qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-12-2018, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют