» » O‘zbekiston 2019-yil boshida 500 mln dollarlik yevrobondlarni chiqaradi

O‘zbekiston 2019-yil boshida 500 mln dollarlik yevrobondlarni chiqaradi


O‘zbekiston o‘zining tarixidagi ilk bor xalqaro qarz bozorlariga kirishga tayyorgarlikni yakunlayapti, deya xabar beradi “Spot”.

Deutsche Bank va Citi, shuningdek, “Gazprombank” iyul oyida bosh konsultant etib tayinlangan JP Morgan’ga qo‘shildi.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2019-yilning birinchi choragida 500 million AQSh dollari miqdorida 5—10 yil muddatga obligatsiya chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Birinchi dollarli obligatsiyalarning chiqarilishi mamlakatni xalqaro investorlarning xaritasida mustahkam o‘rnashishiga imkon beradi.

“Ular (O‘zbekiston hukumati) noyabr oyining oxirida investorlar bilan uchrashdi va klarning aksariyati ijobiy munosabatbildirdi”, — deyiladi xabarda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, rasmiy taqdimot keyingi yilning boshida bo‘lib o‘tadi. Ushbu bitimda Evropa va AQShdan investorlar ishtirok etadi.

Yaqinda, O‘zbekiston ilk bor ulkan uchlikka kiruvchi Fitch Raiting agentligining suveren kredit reytingini oldi.

“BB-” reytingi mamlakatni bugungi kunda obligaiyalari 7,5 foiz daromadga ega holda sotilayotgan Turkiya bilan tenglashtiradi.

500 million AQSh dollar JP Morgan kompaniyasining EMBI qarz majburiyatlarini global baholashda ishtirok etish huquqini olish imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-12-2018, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют