» » Saudiya Arabistoni asoschisining o‘g‘li shahzoda Talal 87 yoshida vafot etdi

Saudiya Arabistoni asoschisining o‘g‘li shahzoda Talal 87 yoshida vafot etdi


Saudiya Arabistoni asoschisining o‘g‘li shahzoda Talal bin Abdulaziz 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Shahzoda umrining oxirgi oylarida og‘ir xastalikka chalindi. U 2018-yil boshida podshohlikdagi aksilkorrupsiyaviy tozalash davomida o‘g‘li Al-Valid va uning ikki ukasi hibsga olinganidan so‘ng ochlik e’lon qilgandi. Hibsga qadar Al-Valid dunyoning eng boy odamlari qatoriga kirar, biroq keyingi surishtiruvlar va jarima to‘laganidan keyin mol-dunyosining katta qismini yo‘qotgandi.

Shahzoda Talal o‘tgan asrning 50-60 yillarida Saudiya Arabistoni aloqa va moliya vaziri lavozimini egallagan, shuningdek, milliy aviakompaniyani nazorat qilardi. U umrining oxirigacha monarxiyani cheklash tarafdori bo‘lib kelgan, o‘zining qarashlari tufayli “Qizil shahzoda” degan nom olgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-12-2018, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют