» » Qozog‘istonlik qo‘shiqchi Jeki Changa chopon sovg‘a qildi

Qozog‘istonlik qo‘shiqchi Jeki Changa chopon sovg‘a qildi


Qozog‘istonlik qo‘shiqchi Dimash Kudaybergen butun dunyoga mashhur xitoylik aktor, rejissor, kaskadyor, qo‘shiqchi Jeki Chan bilan uchrashdi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

“Jeki Channing oddiyligi va ochiqligi to‘g‘risida so‘zsiz ham ma’lum. U bolalikdan beri mening sevimli aktorim, va u bilan har gal ko‘rishganimizda u menga oq yo‘l va yaxshiliklarni tilaydi. Bugun men uning yangi diski taqdimotida bo‘ldim. Mening qo‘limda uning qo‘llaridan olingan sovg‘a bor. Men esa odatlarimizga ko‘ra unga zamonaviy qozoq choponini sovg‘a qildim. Butun dunyo tan olgan bu insonning oddiyligi meni lol qoldiradi. Sizga uzoq umr tilayman!” — deydi qo‘shiqchi.

2017-yilning fevralida Dimash Jeki Chan bilan ilk bor Xitoyning Chansha shahrida “I am a Singer” vokal tanlovida ishtirok etganida uchrashgan. Aktor Dimashning ijrosini ko‘rib, u bilan shaxsan uchrashmoqchi bo‘lgan.

Uchrashuvda Jeki Chan unga kurtka va musiqa tinglash uchun uskuna sovg‘a qilgan. Dimash esa Changa qozoq choponi va do‘mbira sovg‘a qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-12-2018, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют