» » OAV: Maykl Jeksonning Neverland ranchosi 30 mln dollarga arzonlashdi

OAV: Maykl Jeksonning Neverland ranchosi 30 mln dollarga arzonlashdi


“Pop-musiqa qiroli”, 1958–2009-yillarda yashab o‘tgan Maykl Jeksonning Kaliforniya (AQSh)dagi Neverland ranchosi 30 million dollarga arzonlashib, ayni vaqtda narxi 67 million dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Wall Street Journal’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Santa-Barbaradan 64,4 kilometr uzoqlikdagi Los-Olivosda joylashgan Neverland ranchosi yana sotuvga qo‘yildi. Coldwell Banker Previews International riyeltorlik kompaniyasining aniqlik kiritishicha rancho 2016-yilning yozida sotuvdan vaqtincha olib qo‘yilgandi, hozir esa yana xaridorlarga taklif qilinmoqda.

Kaliforniyaning ushbu qismida ko‘chmas mulkning maksimal narxi 40 million dollarga yetadi.

Rancho narxi, taxminan, real narxga asosan keltirilgan.

Joys Rey, Coldwell Banker Previews vakili

Maykl Jekson ushbu ranchoni 1987-yili 19,5 million dollarga xarid qilgan va u yerda 15 yil yashagan. Neverland xonanda 2009-yilda vafot etganidan keyin bo‘shab qolgandi. Bir vaqtlar maydoni 903 gektarli rancho hududida attraksion va hayvonot bog‘i bo‘lgan. Vaqt o‘tib attraksionlar olib tashlangan, hayvonlar esa hayvonot bog‘lari, sirklar va odamlarga berilgan.

So‘nggi yillarda ranchoni tiklash uchun bir necha million dollar sarf qilindi, uning nomi esa Sycamore Valley Ranch’ga o‘zgardi. Rancho hududida 22 ta turar-joy va temiryo‘l stansiyasi mavjud. Biroq xonandaning shaxsiy tarkibi unda yurmay qo‘ygan.

Grammy mukofotining 15 karra sohibi Maykl Jekson 2009-yilning 25-iyun kuni 50 yoshida, Propofol preparatining o‘tkir intoksikatsiyasi tufayli vafot etgan. Propofol va boshqa preparatlarni marhum xonandaning davolovchi shifokori Konrad Myurrey bergan. Keyinroq Myurrey beparvolik va tez tibbiy yordamni vaqtida chaqirmaslikda ayblandi.

2011-yil noyabrida Los-Anjeles sudi shifokorni aybdor deb topdi va u 4 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-03-2017, 10:43)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют